«Mehr nima?» — bu bolalarning mehr, ezgulik va yaqinlarga bo‘lgan muhabbat haqidagi tasavvurlarini aks ettiruvchi rasmlar tanlovidir. Bolalar qo‘llari bilan emas, qalblari bilan chizadilar. Biz esa ularning iste’dodi e’tirof etilishiga yordam beramiz.
Tanlovga kelib tushgan barcha ishlar orasidan 20 ta eng yaxshi rasm saralab olindi. So‘ng hakamlar hay’ati ular orasidan 5 ta eng sara ishni tanladi.
Mehr va g‘amxo‘rlikni eng yorqin hamda samimiy aks ettirgan 5 ta rasm g‘olib deb topildi. Yaqin kunlarda aynan shu rasmlar Asl Baraka mahsulotlari qadoqlaridan o‘rin oladi.
Tanlovning har bir ishtirokchisi o‘z nomiga rasmiylashtirilgan sertifikatni yuklab olishi mumkin. Jasorati, mehribonligi va iliqligini boshqalar bilan ulashishga bo‘lgan istagi uchun. Chunki biz uchun har bir ishtirokchi — g‘olib.